ўз
ру
en

7SABER brendi O'zbekistonda

MMA-promotion va jangovar turnirni joriy qiladi


2021 yil 25 iyun, Toshkent - Dubay. “Berkeley Square Project Management” va “Urban Hayot” yangi 7SABER sport kiyimlari va jihozlari brendining taqdimoti doirasida U-1 chempionati MMA promotion va 7 Fighting Series jamoa turniri tashkil etilganligini e'lon qildi. Jamiyat, sport tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining anjumanlar zalida tashkil etilgan tadbirga milliy sport faxriylari ham taklif etildi.

Voqeani sharhlar ekan,Berkeley Square Project Management korporatsiyasining rahbari Ross Konnon shunday dedi: «Ishni O'zbekistonda boshlash bizning kompaniyamiz tarixidagi muhim yangi sahifa bo'lib, u hayajonli va qiziqarli bo'lishiga aminman. Mamlakat dunyoga ochilib, yuksalib borayotganini ko'rmoqdamiz, sportning rivojlanishida ham xuddi shunday yuksalish kuzatilmoqda. Paxtachilik va yengil sanoat sohasi rivojlangan, shu bilan birga sportda kuchli mamlakat kamdan-kam uchraydigan kombinatsiyadir, shuning uchun bizning sport anjomlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritishga bo'lgan qiziqishimiz tabiiy. Yana bir narsa - bu savdo belgisi, va bu yerda biz uchun dastlab hammasi ham unchalik aniq emas edi, ammo o'tgan yilgi marketing tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki, bozorda kuchli mahalliy brendlar mavjud, lekin ularning eng ommaboplari hatto rasmiy ishlab chiqaruvchi ham emasligi bizni ajablantirdi."

7SABER brendi haqiqatan ham ommabop marketingning noyob namunasidir va 2019 yildan boshlab, O'zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarov turli xil sport turlari ramzi bo'lgan dunyoga mashhur ikonkalar asosida ularning ko'pchiligini birlashtirgan grafik element yaratgan. G'oya va boshlang'ich nuqta dizaynda jasorat va irodaning sport falsafasini namoyish etish istagi edi, bu numerologiyada 7-raqamni aks ettiradi. Shu bilan birga, brend yaqin vaqtgacha tijoratlashtirilmaganligi bois, muallifflik uchun e'tiroz bildirilmagan. Undan sport tashkilotlari, shuningdek o'z kolleksiyalarida uskunalar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan bepul foydalanilgan. O'z navbatida, bu birinchi navbatda professional sportchilar orasida keng tarqalgan brendning mashhurligi o'sishiga ta'sir ko'rsatgan.

"Berkeley Square Project Management manfaatlarimizni himoya qiluvchi Urban Hayot orqali mualliflik huquqi egasi bilan muzokaralar olib bordi. Natijada, litsenziya shartnomasi imzolandi va endi 5 yil davomida logotipdan foydalanish huquqi bizning kompaniyamizga o'tdi. Logotip uchun tasdiqlangan nom yo'qligini hisobga olib, biz Londonning INSTID identifikatsiya instituti va Toshkentning GRANDPR agentligi xizmatlariga murojaat qildik, ularning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan bugun taqdim etishdan faxrlanadigan 7SABER brend platformasini ishlab chiqdik ", dedi Ross Konnon.

7SABER homiyligida aralash yakkakurash bo'yicha ikki chempionat tashkil etilgani muhim yangilik bo'ldi. U-1 chempionatining MMA-promotion va 7 Fighting Series jamoaviy turniri nafaqat yangi brendning tanilishini oshirish, balki O'zbekistonni dunyodagi eng yuqori o'rinlarga olib chiqish uchun mo'ljallangan.

Agar Oliy va Birinchi Ligalardan tashkil topgan U-1 chempionatining maqsadi o'nlab musobaqalar orqali eng yaxshi mahalliy jangchilarni aniqlash, ularni asosiy dunyo aksiyalariga ko'tarish bo'lsa, unda 7 Fighting Series eng kuchli MMA klublar chempionlarini aniqlash uchun mo'ljallangan. Yaqin kelajakda 7 Fighting Series’ga 20 ta jamoa kirishi taxmin qilinmoqda.

“Bular 7SABER-ning ilk ommaviy tashabbuslari, ammo bu bilan rejalarimiz tugab qolmaydi. Biz o'zimizni jang san'atlari bilan cheklab qolmaymiz, shunchaki ularning yoshlar orasida mashhurligini hisobga olgan holda, shu yo’nqlishda ish boshladik. Shu bilan bir qatorda, sportning aksariyat yo'nalishlari bizning brendimizga tegishli», - deya ta'kidladi Ross Konnon.